Anchelotti Xoland va Mbappening ehtimoliy transferi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Madridning “Real” klubi Kilian Mbappe va Erling Xolandga asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi. “Qaymoqranglilar” murabbiyi Karlo Anchelotti ehtimoliy transferlar haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
“Agar ikkalasi ham bizning jamoada o'ynashni istasa, klub buni muhokama qilishga tayyor. Lekin, hozircha hozirgi futbolchilar va asosiy tarkibga qo'shiladigan yoshlar bilan ko'plab rejalarim bor. Ishonchim komilki, “Real” bundan keyin ham yuqori darajadagi futbolchilarni sotib oladi”, - deya fikr bildiradi italiyalik murabbiy.
Qayd etish kerakki, Mbappe “qirollik klubi”ning ustuvor maqsadi hisoblanadi. Madridning “Real” klubi ushbu mavsum oxirida frantsiyalik futbolchini tekinga qo'lga kiritishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388