“Atletiko” futbolchisini qanchaga sotmoqchiligini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

Madridning “Atletiko” klubi himoyachi Kiran Tripper bo'yicha takliflarni yanvar oyidagi transfer oynasida ko'rib chiqishga tayyor. ESPN xabariga ko'ra, “matraschilar” futbolchi uchun tovon puli miqdori haqida qaror qabul qilishgan.
Ispaniya klubi Tripper uchun kamida 22 million evro taklif qilinsa, uni sotishga tayyor. Kiran xizmatlariga “Manchester Yunayted”, “Nyukasl” va Londonning “Tottenxem” klublari qiziqish bildirmoqda.
Angliyalik futbolchining “Atletiko” bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali ekspertlari uning narxini 20 million evroga baholamoqda.
Himoyachi joriy mavsumda La Ligada 14 ta o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
342