Azmunga APLning “yangi boylari”dan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi hujumchisi Serdar Azmun Angliya Premer-ligasining eng boy klublaridan biri nishoniga tushdi. “Skysports” nashri xabariga ko'ra, forvardga “Nyukasl Yunayted” qiziqish bildirmoqda.
Bir necha oy oldin klub “qarg'alar”ni top-klubga aylantirmoqchi bo'lgan boy investorlar qo'liga o'tdi. Endi jamoa oldiga turnir jadvalida yuqoriroq o'rinni egallash vazifasi turibdi.
Joriy mavsum doirasida Azmun “Zenit” safida 21 ta o'yinda ishtirok etgan. Futbolchi 10 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388