Mourino Nigeriya terma jamoasini boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino Afrika terma jamoalaridan birini boshqarishi mumkin. OAV xabarlariga ko'ra, “SpecialOne” xizmatlariga Nigeriya terma jamoasi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Nigeriya futbol federatsiyasi rahbari Amadju Pinnik jurnalistlar bilan suhbatda aytib o'tdi.
“Biz asosiy etiborni murabbiyning sovrinlarni yutish istagiga qaratamiz. Biz allaqachon Mladen Krstaich, Joze Pezeyru va Joze Mourino bilan muzokaralarni boshlab yuborganmiz”, dedi futbol federatsiyasi prezidenti.
Eslatib o'tamiz, 58 yoshli portugaliyalik “Roma”ning ustozi hisoblanadi. Uning Rim klubi bilan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237