“Real” Bundesliga yulduzini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Leverkuzenning “Bayer” jamoasida to'p surayotgan iqtidorli yarimhimoyachisi Florian Virts “Real”ga o'tishi mumkin. Bu haqda “Fichajes” nashri sahifalarida xabar berilgan.
18 yoshli hujumkor futbolchining transferi 70 million evroga baholanmoqda. Uning “dorichilar” bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.
Avvalroq, Florianga Londonning “Chelsi” klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy Germaniya Bundesligasida Virts 15 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244