"Yuventus" ko'zlagan hujumchi rekord darajada baholandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

"Yuventus" Chempionshipdan futbolchi xarid qilishi uchun rekord darajada to'lov qilishi kerak bo'ladi. "90min" nashri xabariga ko'ra, "Fulxem" hujumchisi Aleksandr Mitrovich anchadan buyon "Yuventus" kuzatuvi ostida turibdi.
Ammo londonliklar o'z futbolchisiga 40 million funt atrofida narx qo'ygan. Bu esa Chempionshipdagi rekordga juda yaqin hisoblanadi (41m). 27 yoshli serbiyalik strayker bu mavsumda kuchli mahsuldorlik qayd etmoqda. Uning hisobida hozirgacha 22ta o'yinda 22ta gol mavjud.
Manba: bbc.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287