Buffon: «Ronaldu kelganidan so'ng «Yuventus» o'z DNKsini yo'qotdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

Afsonaviy italiyalik posbon Janluidji Buffon "Yuventus"ning so'nggi yillarda Evropa chempionlar ligasida muvaffaqiyatga erisha olmagani haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Buffon mavsum-2020/21 so'ngida «keksa sinora»ni tark etib, "Parma"ga qaytishga qaror qildi. Italiyalik posbon faoliyati davomida Evropa chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritmagan (musobaqa finalida 3 marta o'ynagan).
"Yuventus" Krishtianu Turinga kelganining ilk yilida Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqishi mumkin edi. O'sha yili men Parijda o'ynayotgandim. Shuning uchun nima bo'lganini aniq bilmayman. Keyin men klubga qaytdim. Ronaldu bilan birga ikki yil to'p tepdim. Biz yaxshi ishladik, ammo "Yuve" o'z DNKsini yo'qotib qo'ydi, deb o'ylayman.
2017 yilda bizda tajribali jamoa bo'lgani uchun finalgacha etib borgandik, tarkibda raqobat bor edi. Biz kuchli va yakdil edik.
Jahonning eng kuchli posboni? Oblak, Kurtua, Donnarumma, Noyer, Ter Shtegen, Navas. Men ularni bir qatorga qo'ygan bo'lardim, ammo Jiji (Donnarumma) bir mavsumda ulardan o'tib ketishi mumkin", — dedi Buffon.

Bosh sahifaga
312