Buffon kelajakdagi rejalari haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

"Parma" darvozaboni Janluiji Buffon o'zining kelajak rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Kelajakda Meksika yoki AQShda ham o'ynashni xohlardim. Meni bu tajriba qiziqtiradi. Biroq nima bo'lishini keyinroq ko'ramiz. Murabbiy bo'lish-bo'lmasligimni ham bilmayman. Doim rivojlanishga intilaman.
Chempionlar ligasida g'alaba qozona olmaganim ruhiyatimni saqlab turibdi. Balki, agar ushbu turnirda g'alaba qozonganimda, allaqachon faoliyatimni yakunlagan bo'lardim", - dedi Buffon "Calciomercato" nashriga.
Ma'lumot uchun, 43 yoshli Buffonning “Parma” bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
315