"Barselona" tez orada "Manchester Siti" hujumchisi Ferran Torresning transferini yakunlaydi.
Jurnalist Jerar Romeroning fikricha, 21 yoshli ispaniyalikning rasmiy taqdimoti 28 dekabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Avvalroq, Torresning transferi "Barsa"ga bonuslar bilan birga 55 million evroga tushishi xabar qilingandi.
Joriy mavsumda Torres "shaharliklar" safida 7 o'yinda 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!