Mourinoga "Real" futbolchisi kerak emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Italiyaning “Roma” klubi Madridning “Real” klubi hujumchisi Borxa Mayoral bilan 2020 yil yozgi transfer oynasida tuzilgan ikki yillik ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qiladi. Bu haqda "La Nazione" nashriga tayanib, "Football Italia" xabar bermoqda.
"Bo'rilar" futbolchini 20 million evroga sotib olish huquqiga ega, ammo klub bu huquqdan foydalanmaydi. "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino futbolchi xizmatiga muhtoj emasligini aniq aytgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, Mayoral xizmatlariga "Fiorentina" va "Kristal Pelas" qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339