Pyanich hech kim kutmagan klubga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

"Beshiktosh"da ijara asosida o'ynayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich "Jenoa" qiziqishlari dorirasiga tushib qoldi. Italiya klubi bosniyalik futbolchini ijaraga olmoqchi.
"Men "Beshiktosh"da baxtliman va mavsum oxirigacha jamoada qolmoqchiman. Oxirgi paytlarda ko'p o'ynamadim, chunki jarohatdan tuzalayotgandim", - dedi futbolchi.
Ma'lumot uchun, 31 yoshli Pyanich joriy mavsumda Turkiya chempionati va Chempionlar ligasining 13ta uchrashuvida qatnashib, ushbu uchrashuvlarda 4ta golli uzatmani amalga oshirgan. "Barselona" va "Beshiktosh" o'rtasidagi ijara shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340