Erkin kurash bo'yicha mamlakat chempionatining ilk g'oliblari aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88

Poytaxtimizda o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha O'zbekiston chempionatida erkin kurashchilar bahsiga start berildi.
Bugun ushbu dasturda bir qator vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlandi.
Final bahslari orasida -57 kg vazn toifasi ko'pchilikning diqqat-markazida bo'ldi. Unda ikki tajribali kurashchilarimiz Nodirjon Safarov hamda G'ulomjon Abdullaev o'zaro to'qnash kelishdi. Shiddatli bellashuv yakunida Tokio-2020 ishtirokchisi Abdullaevning qo'li baland keldi. Batafsil:
57 kg:
1. G'ulomjon Abdullaev (Xorazm)
2. Nodir Safarov (Toshkent viloyati)
3. Shahboz Komilov (Buxoro)
3. Sarvarbek Xudoyberganov (Xorazm)
65 kg:
1. Abbos Rahmonov (Navoiy)
2. Nodir Rahimov (Andijon)
3. Feruz Yakubov (Buxoro)
3. Umidjon Jalolov (Buxoro)
70 kg:
1. Begijon Qo'ldoshev (Andijon)
2. Chinor Matyoqubov (Xorazm)
3. Husniddin Erkaboev (Xorazm)
3. Mirkamol Beshimov (Buxoro)
79 kg:
1. Jasurbek Usmonoxunov (Andijon)
2. Asadbek Raimberganov (Xorazm)
3. Arislan Jumabaev (Qoraqalpog'iston)
3. Asilbek Meliqo'ziev (Farg'ona)
97 kg:
1. Muhammadrasul Rahimov (Toshkent shahri)
2. Rahimjon Bakirov (Sirdaryo)
3. Azizbek Soliev (Buxoro)
3. Umid Jo'raev (Toshkent shahri)

Bosh sahifaga
332