«Atalanta» xavbeki jamoani tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

«Atalanta»ning rossiyalik yarimhimoyachisi Aleksey Miranchuk jamoada o'zi xohlagancha ko'p o'ynay olmayapti. Qishki transferlar oynasida u klubini o'zgartirishi mumkin.
La Repubblica xabariga ko'ra, «Jenoa» Miranchuk bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Bergamo klubi genuyaliklardan 12 million evro va bonus to'lovlarni so'ragan, buning natijasida shartnoma 15 milliongacha oshishi mumkin.
Ma'lumot uchun, 26 yoshli Aleksey Miranchuk joriy mavsum 12 o'yinda maydonga tushib, 397 daqiqa maydonda o'ynadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
418