«Latsio» muxlislari Acherbidan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63
«Latsio» himoyachisi Franchesko Acherbi yaqinda «Jenoa» darvozasiga gol urganidan so'ng, muxlislarga ishora qilib, ularni jim bo'lishga chaqirdi. Shu tariqa, futbolchi tanqidlarga javob qaytardi.
O'sha voqeadan so'ng Acherbi uzr so'radi, ammo muxlislar ularni qabul qilmagan ko'rinadi. Rimlik muxlislar endi Acherbining jamoadan ketishini talab qilishmoqda.
«Klubga xiyonat qilganlar uchun kechirim yo'q. Bu shior emas, balki jiddiy mas'uliyatdir», - deyiladi bayonotda.
Ma'lumot uchun, Franchesko Acherbi 2018 yil yozidan buyon «Latsio» da o'ynamoqda. 2021/2022 yilgi mavsumda u 24 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!