MYu futbolchisini sotish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241

“Manchester Yunayted” yanvar oyida hujumchi Edinson Kavanini qo'yib yuborish niyatida emas. Bu haqda Britaniya OAVlari xabar bermoqda.
Kavanining “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. “Old Trafford” egalari Edinson shartnomasining oxirgi kunigacha jamoada qolishini istamoqda.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” Kavani uchun faol kurashmoqda. Britaniyalik jurnalistlarning yozishicha, futbolchining o'zi o'yin amaliyoti kamligi tufayli “Manchester Yunayted”ni tark etishni istayapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
386