"Tottenxem" futbolchisi yana Ispaniyaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

"Tottenxem" yozda xarid qilgan futbolchisini sotib yuborishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, Brayan Xil "shporlar" safida imkoniyatga ega bo'la olmayapti.
Shu sababdan klub uni yanvarda ijaraga berishi yoki sotishi ham mumkin. Xil uchun La ligadan jamoa topilgan. Ta'kidlanishicha, Ispaniyaning "Kadis" jamoasi vinger xizmatlariga qiziqish bildirgan.
Hozirda ushbu klub La liganing 19 o'rinida bormoqda. Ammo Xil mavsum so'ngiga qadar ijaraga ketishi uchun yaxshi variant sanaladi. 20 yoshli futbolchi o'tgan yozda "Sevilya"dan xarid qilingan edi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
357