Transfermarkt Levandovskining narxini pasaytirdi. Messi va Ronalduniki-chi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Taniqli Transfermarkt portal Germaniya chempionatida o'ynayotgan futbolchilarning narxlarini o'zgartirdi. Narxi eng ko'p arzonlagan futbolchi Robert Levandovski bo'ldi. "Bavariya" forvardining bahosi 10 million evroga kamaytirildi va endi uning narxi 50 million evroga teng.
«33 yoshli futbolchining bozor narxini belgalashda uning sport natijalarini inobatga olish etarli bo'lmaydi. Shu bois, vaziyatdan kelib chiqib uning bahosi o'zgartirish kiritdik», deyiladi portal bergan izohda.
Transfermarkt versiyasi bo'yicha Levandovskining eng yuqori bahosi 2018 yilga to'g'ri kelgan – 90 mln evro. Hozirda u yoshi 32dan oshgan futbolchilar orasida narxi eng qimmatlardan biri. Robert "PSJ" hujumchisi Lionel Messidan 10 mln evroga arzon bo'lsa, Krishtianu Ronaldudan 5 millionga qimmat. Bu borada 4-o'rin Tomas Myullerga t egishli – 25 mln evro (u ham 5 million evroga arzonlashdi).
Bundesliga narxi eng ko'p o'sgan futbolchi «Bayer» forvardi Patrik Shik bo'lib turibdi. 25 yoshli futbolchining bahosi 12 million evrodan 40 mln. evroga oshirildi.

Bosh sahifaga
370