"Arsenal" hujumchisi Londonda qoladi. Faqat shaharning boshqa tarafida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

"Chelsi" ustozi Tomas Tuxel "Arsenal" futbolchisining ashaddiy muxlisi. "Kanonirlar"ning sobiq sardori Per-Emerik Obameyang "Chelsi"ga yo'l olishi ehtimoldan holi emas. Chunki Tuxel uni yaxshi ko'radi.
Ular o'tmishda "Dortmund"da birga ishlagan. So'nggi chiqqan xabarlarda "Arsenal" yanvar oyida o'z hujumchisi uchun takliflarni tinglashga tayyorligi aytiladi.
Ajabmas, uni Londonning boshqa jamoasida ko'rib qolsak. Eslatib o'tamiz, bundan ikki mavsum avval mavsumning eng yaxshi to'purari bo'lgan hujumchi, bu mavsumda atigi 4ta gol urishga erishgan, xolos.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
320