Koutino "Barsa"dan ketishi uchun sabab topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 303

"Barselona"ning braziliyalik hujumkor yarim himoyachisi Filippe Koutino klubdan ketish yoki ketmaslik borasida qaror qabul qilolmayapti.
"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko'ra, futbolchi Qatarda bo'lib o'tadigan JCh-2022 bahslariga tayyor bo'lish uchun klubdan ketishi kerak. Uning boshqa jamoaga o'tishiga esa yuqori maoshi to'sqinlik qilmoqda.
Agar futbolchi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga qaror qilsa, uning uchun "Nyukasl" va "Tottenxem" asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Koutinoni o'zi esa "shporlar" variantini yaxshiroq o'rganib chiqish niyatida.
Joriy mavsumda 29 yoshli Filippe La Liganing 12 o'yinida maydonga tushib, 2 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312