Ferran Torres «Barsa» safida qachon debyut qilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 331

"Manchester Siti" hujumchisi Ferran Torres "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi. Ispaniyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida darhol maydonga tushib keta olmaydi. Boisi, futbolchi ayni damda oyog'idan olgan jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
Ferran Torres «Barselona» tarkibida 19 yanvar kuni bo'lib o'tadigan "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda debyut qilishi kutilmoqda.
Shu tariqa, forvard "Malorka" (La liga), "Linares" (Ispaniya kubogi), "Granada" (La liga) hamda "Real" (Ispaniya superkubogi)ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Torres oktyabr oyining o'rtalaridan buyon maydon tashqarisida qolmoqda. U "Siti" safida 4ta bahsda ishtirok etib, 2ta gol muallifiga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313