Milinkovich-Savich MYuga o'tadimi? Futbolchi mish-mishlarga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Latsio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni inkor qildi.
“Men haqimda ko'p mish-mishlarni ko'raman, lekin menga baribir! Men shunchaki “Latsio” bilan g'alaba qozonishini xohlayman”, — deb yozdi Milinkovich-Savich Instagram sahifasida.
2021/22 yilgi mavsumda yarim himoyachi "Latsio" tarkibida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt.com 26 yoshli serb futbolchini 70 million evroga baholamoqda. 22 dekabr kuni futbolchiga "Manchester Yunayted" va PSJ klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319