"MYu" futbolchisi o'z kelajagi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

"MYu" futbolchisi Brendon Uillyams kelajagi haqida fikr bildirdi. U o'z intervyusida shunday deydi:
"Menga nega jamoadan ketganligim haqidadagi savolni ko'p berishadi. Ammo bu mening faoliyatim va men o'zimga nima kerakligini yaxshi bilaman. Men hozirda "MYu"da nima bo'layotganiga e'tibor berayotganim yo'q. Men u erda bo'lishga ham qiziqqanim yo'q. Chunki hozir men "Norvich"daman. Bu mening kasbim va men qaerda bo'lishdan qat'iy nazar jamoam sharafini himoya qilishga majburman. Buni yaxshi bilaman. Kelasi yozda "MYu"ga qaytaman. Keyin nima bo'lishini o'ylab ko'ramiz".
Eslatib o'tamiz, Uillyams "MYu" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'tgan yozda "Norvich"ga ijaraga berilgan edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313