Benzemaning La ligadagi «sevimli» jamoalari (top-5)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Ispaniya chempionatining 21-turidan o'rin olgan bahsda "Real" Bilbao shahrida "Atletik" klubi mehmoni bo'lib, g'alabani qo'lga kiritdi. Madridliklarning har ikkala goliga Karim Benzema mualliflik qildi.
Frantsiyalik futbolchi "Qirollik klubi"dagi 12 yillik faoliyati davomida La liga doirasida "Atletik" darvozasiga urgan gollari soni 17taga etdi. Basklar jamoasi bu borada Benzemaning eng "sevimli" jamoasi hisoblanadi.
Karim "Granada" darvozasiga 14 marta gol urgan bo'lsa, "Valensiya" klubi posbonlarini 13 marta xafa qilgan.
"Sevilya" va "Barselona" esa 10 martadan Benzemadan jabr chekishgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
343