"Bu mening aybim bilan bo'ldi" — Tomas Tuxel
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa futbolchisi Trevo Chaloba haqida gapirdi. U futbolchining jarohati uchun barcha ma'suliyatni o'z bo'yniga oldi:
"Trevoning jarohati noodatiy tarzda ro'y berdi. Negaki, biz uni o'ynashga majbur qildik. Shunday ekan, bu mening aybim. Biz bunda katta tavakkal qilishga majbur edik. Chunki bizda markaziy yarim himoyachi qolmagan edi. Shuning uchun uni o'z pozitsiyasidan begona bo'lgan joyga qo'ydik. Bu esa unga qo'shimcha jismoniy bosim yukladi".
Eslatib o'tamiz, kecha "Chelsi" liga kubogining chorak finalida "Brentford"ni 0-2 hisobida mag'lub etgan edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350