Dembelening yaqin do'sti buni tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Sobiq futbolchi va Usmon Dembelening yaqin do'sti Mate Bodmerning ta'kidlashicha, "Barselona" forvardi klubini o'zgartirish haqida o'ylamaydi.
"Dembele "Barsa"da qolmoqchi. U klub va murabbiy bilan yaxshi munosabatda. Xavi doimo unga nisbatan yaxshi munosabatini ko'rsatadi. Usmon turmush tarzini o'zgartirdi. Uning endi shaxsiy oshpazi, fizioterapevtlari bor... Ko'p narsa o'zgardi. Endi u ancha professional, mashg'ulotlarga o'z vaqtida keladi", - dedi Bodmer.
Joriy mavsumda Dembele Ispaniya chempionatining beshta o'yinida maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
363