Rojers: «95-daqiqada gol o'tkazib yuborish uyat»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

«Lester» bosh murabbiyi Brendan Rojers jamoasining Angliya Liga kubogi 1/4 finalida «Liverpul»ga qarshi o'yindagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
«Birinchi bo'limda biz ajoyib o'ynadik. «Enfild»ga kelib, uchta gol urish ajoyib va biz to'rt yoki beshta gol urishimiz ham mumkin edi.
Ammo ikkinchi bo'limda hamma narsani go'yoki tashlab qo'ydik. 95-daqiqada gol o'tkazib yuborish uyat. Yigitlarga achindim, ular bu o'yinga juda ko'p tayyorgarlik ko'rishgandi», deydi mutaxassis.
Ma'lumot uchun, turnirning yarimfinalida «Liverpul» «Arsenal»ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
344