Dzyudo. Bugun O'zbekiston chempionatining so'nggi kuni og'ir vaznlilar tatamiga chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

Poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida yilning so'nggi dzyudo musobaqasi - kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqaning so'nggi uchinchi kuni erkaklar -100, +100 kg, ayollar esa -78 va +78 kg vazn toifalarida tatamiga chiqadilar. Saralash bellashuvlari soat 10:00, final bahslari esa soat 17:00da boshlanadi.
Bugungi bellashuvlarda terma jamoa a'zolari Muzaffarbek, O'tkirbek va Sherxon To'raboevlar, Bekmurod Oltiboev, Alisher Yusupov, Shohruh Baxtiyorov, Irisxon Qurbonboeva singari dzyudochilarimizning chiqishiga guvoh bo'lamiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313