Mourino: «O'ynashni istamaydigan jamoaga qarshi o'ynash qiyin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino Italiya A seriyasining 19-turi doirasida bo'lib o'tgan «Sampdoriya»ga qarshi o'yin (1:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Birinchi bo'limda har jihatdan muammoga duch keldik. Jamoa to'liq kontsentratsiyaga ega emasdi. To'pni yo'qotdik, tashabbus ko'rsatmadik. Faqat Dzanolo faol harakat qildi va munosib reaktsiya ko'rsata oldi.
Ikkinchi taymda yaxshiroq o'ynadik, faol bo'ldik, ko'proq pressing uyushtirdik. Mxitaryanning pozitsiyasini o'zgartirganimizdan keyin vaziyatlar yarata boshladik va gol urdik. Ammo o'ynashni istamaydigan jamoaga qarshi o'ynash juda qiyin. Raqib bir ochko uchun yaxshi mehnat qildi. Ammo biz o'z ishimizga bo'lgan noto'g'ri munosabat tufayli durang natija qayd etildi. Bizga sifatli harakatlar etishmadi», — dedi Mourino.

Bosh sahifaga
270