"Barselona" "Ayaks" bilan o'yinchi almashmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Barselona" va "Ayaks" o'z futbolchilarini almashish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi "AS".
Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi marokashlik Nusasair Mazrauini evaziga amerikalik Serjino Destni berishga tayyor. Shu bilan birga, "Barselona" "Ayaks"dan bu transfer evaziga qo'shimcha haq olmoqchi.
Joriy mavsumda 21 yoshli Dest “Barselona” safida barcha turnirlarda 16 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 24 yoshli Mazraui “Ayaks” safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270