Angliya liga kubogi. "Tottenhem" London derbisida g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Angliya liga kubogining chorak final uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Biroz oldin yakuniga etgan London derbisida Antonio Konte boshchiligidagi "Tottenhem" "Vest Hem" ustidan ishonchli hisobda g'alaba qozondi.
Uchrashuvda "shporlar" Bergveynning goli evaziga 29 daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, oradan bir necha daqiqa o'tib, Jerrod Bouen muvozanatni tikladi. 2 daqiqadan so'ng Lukas Moura yana "Tottenhem"ni ustunligini ta'minlovchi golga mualliflik qildi.
"Tottenhem" 2-1 "Vest Hem"
Gollar: 1: 0 - 29 Bergveyn, 1: 1 - 32 Bouen, 2: 1 - 34 Lukas Moura.
"Tottenxem" - Loris, Doerti (Tanganga, 83), Daer, Devis, Sanches, Regilon (Emerson, 83), Lukas Moura (Uinks, 61), Xaybjerg, Skipp (Alli, 77), Keyn, Bergvayn (Son Xyon Min, 61) ).
Vest Hem – Areola, Esbi (Yarmolenko, 80), Douson, Diop, Jonson, Masuaku, Lansini (Fornallar, 68), Vlashich (Benrahma, 68), Souchek, Rays, Bouen.
Ogohlantirish:
Bouen (37).

Bosh sahifaga
295