Angliya liga kubogi. "Chelsi" "Brentford"ni taslim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Angliya liga kubogi doirasidagi yana bir uchrashuv nihoyasiga etdi. Unda Londonning "Chelsi" klubi mehmonda "Brentford" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.
Uchrashuvdagi ikki gol ham o'yin yakunida kiritildi. Avvaliga mezbonlar futbolchisi Yansson o'z darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, 85 daqiqada Jorjino penaltidan unumli foydalanib hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi.
"Brentford" 0 - 2 "Chelsi"
Gollar:0:1 - 80, Yansson (ag), 0:2 - 85, Jorjino (P)
"Brentford" – Alvaro Fernandes, Yansson, Sorensen, Pinnok, Genri (Goddos, 73), Kanos, Jensen (Forss, 81), Janelt (Nergor, 66), Baptist (Oneka, 74), Vissa (Toni, 65), Mbemo.
"Chelsi" - Arrisabalaga, Aspilikueta, Chaloba, Sarr, Alonso, Simons (Jeyms, 65), Barkli (Kante, 76), Kovachich (Jorjino, 46), Saul, Veil (Maunt, 65), Sunsap Bell (Pulishich, 46) .
Ogohlantirishlar:
Janelt (12), Vayl (45), Kanos (68), Saul (77)

Bosh sahifaga
294