Benzema Ronalduni ortda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema La Liga doirasida “Atletik”ga qarshi o'yinining dastlabki daqiqalaridayoq dubl qayd etdi.
Shu tariqa, frantsiyalik futbolchi 2021 yilda kiritilgan gollar sonini 47 taga etkazdi. Benzema 46 ta gol urgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
Bu borada “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski 69 gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinni PSJ hujumchisi Kilian Mbappe va Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xolland bo'lishdi, ular 49 tadan to'p kiritgan.
Keyingi o'rinlarda “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (46) va PSJ hujumchisi Lionel Messi (43) bormoqda.
Manba: www.stadion.uz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314