"Barselona" yarim himoyachisiga Italiya peshqadami qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Italiyaning "Inter" klubi "Barselona"ning braziliyalik yarim himoyachisi Filippe Koutinoga qiziqish bildirayotgani haqida Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, milanliklar Koutinoni qishki transfer bozorida o'z safiga qo'shib olish niyatida.
Avvalroq, "Barselona" yarim himoyachisiga "Liverpul", "Everton" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirishayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Joriy mavsum 29 yoshli Koutino "Barselona" tarkibida 16 ta uchrashuv o'tkazdi va ikkita gol kiritdi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294