Yunon-rum kurashchilarimiz o'rtasida g'olib va sovrindorlar nomi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Poytaxtimizdagi “Universal” majmuasida o'tayotgan sport kurashlari bo'yicha O'zbekiston chempionatining ham ikkinchi kun bahslari yakunlandi. Bugungi dastur bilan “klassik” kurashchilarning ishtirokidagi bellashuvlar nihoyasiga etdi.
Bugungi bellashuvlarda Feruz To'xtaev, Abror Atabaev, Mirzobek Rahmatov, Muhammadali Shamsiddinov kabi polvonlarimiz o'z vazn toifalarida g'alaba qozonib, mamlakat chempionligini rasmiylashtirishdi. G'olib va sovrindorlarning to'liq ro'yxati:
60 kg:
1. Feruz To'xtaev (Buxoro)
2. Abdulaziz Tursunboev (Namangan)
3. Ilhom Bahromov (Samarqand)
3. Muhammadqodir Yusupov (Andijon)
67 kg:
1. Abror Atabaev (Farg'ona)
2. Mahmud Baxshilloev (Buxoro)
3. Ilyos Abdunazarov (Toshkent viloyati)
3. Sobir Kazakbaev (Jizzax)
72 kg:
1. Mirzobek Rahmatov (Buxoro)
2. Bekzod Umarov (Navoiy)
3. Dilshod Madaminov (Toshkent shahri)
3. Jamshid Qo'ziev (Toshkent viloyati)
97 kg:
1. Muhammadali Shamsiddinov (Buxoro)
2. Abror Nurmuhammedov (Toshkent)
3. Ergali Ayximbaev (Toshkent viloyati)
3. Botir Kandilov (Qashqadaryo)

Bosh sahifaga
282