A Seriya: Shomurodov gol kiritgan o'yinda "Roma" durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Italiya A Seriyasining 19-tur doirasida "Roma" o'z maydonida "Sampdoriya" jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning 67-daqiqasida Vinya o'rniga maydonga tushgan Eldor Shomurodov 72-daqiqada hisobni ochdi.
80-daqiqada esa Gabbyadini "Roma" darvozasini ishg'ol etib, muvozanatni tikladi.
"Roma" – "Sampdoriya" 1:1
22 dekabr, 22.30, «Stadio Olimpiko»
Gollar: 1:0 – 72 Shomurodov, 1:1 – 80 Gabbyadini.
"Roma" – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Vinya (Shomurodov, 67), Mxitaryan, Veretu (El-Shaaravi, 67), Kristante, Dzanolo, Abraxam (Afena-Gyan, 47).
"Sampdoriya" – Falkone, Bereshinski (Chervo, 76), Yosida, Kolli, Audjello, Depaoli, Kandreva, Askildsen, Yepes, Adrien Silva, Ekdal (Ferrari, 37), Gabbyadini, Kaputo (Kualyarella, 76).
Ogohlantirishlar: Bereshinski (44), Falkone (60), Askildsen (61).

Bosh sahifaga
282