Futzal. Jizzaxda to'rtinchi tur o'yinlari start oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97
52
Jizzax shahridagi “So'g'diyona” sport majmuasida futzal bo'yicha mamlakat chempionatining 4-tur o'yinlari start oldi. Uch kun davom etadigan musobaqaning dastlabki kungi o'yinlari qiziqarli, tomoshabop o'tdi.
AGMKga qarshi to'p surgan “Nasaf” birinchi bo'lib hisobni ochgandi, biroq yakunda bitta to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchradi. “Bunyodkor” va “Huaxin-Jizzax” uchrashuvining birinchi bo'limida kuchlar teng kelayotgandi. Ikkinchi bo'limda aka-uka Choriev va Rahmatovning gollari evaziga jizzaxliklar hisobda ilgarlab ketishdi. “Qaldirg'ochlar”ga hatto jizzaxliklarning mohir hujumchisi Ixtiyor Ropievning o'z darvozasini “nishonga olishi” ham foyda bermadi.
“Maksam-Chirchiq” va “Metallurg” jamoalari bahsida har ikkala tomondan o'z darvozasini ishg'ol etish xolatlari kuzatildi, yakunda esa bekobodliklar yirik hisobda ustunlikka erishishdi. Chempionat boshlangandan buyon birorta ham ochko ishlay olmagan zarafshonliklar “qora an'anasini” yana davom ettirishdi – “Paxtakor” jamoasiga beshta to'p farqi bilan mag'lub bo'lishdi.
Futzal. Oliy liga
Jizzax. “So'g'diyona” s.m. 4-tur.
Birinchi kun. 22 dekabr, chorshanba
AGMK – NASAF – 3:2 (0:1)
Hakamlar: Husan Muzaffarov, Ziyovuddin Erkinov, Jahongir Allaev
Nazoratchi: Sherqul Allaev
Komissar: Rustam Zuparov
Gollar: Davlat Ibrohimov (31), Muzaffar Ahadjonov (32), Artur Yunusov (34) – Mamasharif Xalimov (7), Jasur Xalimov (38)
Ogohlantirishlar: Davron Valijonov (28) - Oybek Polvonov (25), Xurshid Rahmonov (28), Jasur Xalimov (37).
PAXTAKOR – STROITEL'-ZARAFShON – 7:2 (4:1). 24 tomoshabin.
Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Jahongir Allaev, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Sherqul Allaev
Komissar: Jamshid Imamov
Gollar: Muhammad Zoirov (2), Dilshod Irsaliev (3, 4, 20), Shoislom Shobahromov (27), Zahriddin Abduvaliev (32), Sherzod Mustafoev (34) – Ravshan Tolibov (5, 33)
Ogohlantirishlar: Shoislom Shobahromov (20), Akmal Elmurodov (40) – Jasur Haydarqulov (24).
BUNYoDKOR – HUAXIN-JIZZAX – 2:4 (1:1). 234 tomoshabin.
Hakamlar: Anatoliy Rubakov, Shavkat Muhitdinov, Askarbay Arzibekov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Jamshid Imamov
Gollar: Muhammadbobur Rahmonberdiev (17) – Ilhomjon Hamroev (14), Davron Choriev (33, 37), Dilshod Rahmatov (36), Ixtiyor Ropiev (37-o'z darv.)
Ogohlantirish: Yo'q – yo'q.
MAKSAM-ChIRChIQ – METALLURG – 3:6 (1:2). 56 tomoshabin.
Hakamlar: Askarbay Arzibekov, Farruh Muzaffarov, Nikita Afinogenov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Jamshid Imamov
Gollar: Odiljon Asamov (7), Timur To'raqulov (38-o'z darv.), Husanxon G'aniev (40) – Ilhom Rajabov (6), Farhod Qodirov (11), Sanjar Ziyoxonov (21, 38), Ulug'bek Xudoyorov (27), Maxsud Fayzullaev (32-o'z darv.)
Ogohlantirishlar: Timur To'raqulov (20), Husanxon G'aniev (33) – yo'q.
Manba: pfl.uz
Bosh sahifaga
338