Jirkov Ibrohimxalil Yo'ldoshevning jamoadoshiga aylanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

Hamyurtimiz Ibrohimxalil Yo'ldoshev o'ynayotgan Rossiyaning «Nijniy Novgorod» jamoasi «Zenit» klubining sobiq futbolchisi Yuriy Jirkov bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda «Nijniy Novgorod» klubi bosh direktori Ravil Izmaylov ma'lum qildi.
«Ha, haqiqatdan ham bizning klub Jirkovga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biz bu borada Yuriyga taklif bilan chiqdik, ayni paytda u o'ylamoqda. Futbolchi bilan muzokara olib boryapmiz va umid qilamizki, ijobiy natijaga erishamiz», - dedi Izmaylov.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Yuriy Jirkov erkin agent sanaladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
320