"Arsenal" o'z hujumchisini transferga qo'ydi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

Londonning «Arsenal» klubi o'z hujumchisi Per-Emerik Obameyangni transferga qo'ygani haqida ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
«Kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta Obameyangga ishonch bildirmayapti. Avvalroq gabonlik hujumchi ichki tartib-intizomni buzgani uchun sardorlik bog'ichidan mahrum etilgandi. Qolaversa, ayni paytda Obameyang jamoaning umumiy mashg'ulotlarida ishtirok etishiga ruxsat berilmayapti. Shu sababli, klub rahbariyati gabonlik futbolchini transferga qo'yishga qaror qildi.
Obameyangga asosiy da'vogarlar «Yuventus» va «Barselona» sanalmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
338