UZ Football Awards-2021. O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisiga nomzod yakuniy uchlik ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Shu yilning 25 dekabr kuni O'zPFL va O'FA tomonidan UZ Football Awards taqdirlash marosimi o'tkaziladi. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzod yakuniy uchlikni e'lon qildi.
Yakuniy uchlikdan Jaloliddin Masharipov («Shabab Al-Ahli»/«An-Nassr»), Husayn Norchaev («Nasaf») va Eldor Shomurodov («Jenoa»/«Roma») o'rin olishdi.
Eng ko'p ovoz to'plagan g'olib nomi yil yakunlariga bag'ishlangan taqdirlash marosimida e'lon qilinadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
321