"Napoli"ning uch oyga safdan chiqqan futbolchisi Afrika chempionatida ishtirok etmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

"Napoli" futbolchisi Viktor Osimxen yanvar oyida start oladigan Afrika chempionatida qatnashishi mumkin. Bu haqida futbolchining o'zi ma'lum qildi. U Twitter'da shunday yozadi:
"Men Afrika Millatlar kubogida qatnashish uchun yuz foiz tayyorman. Agar murabbiylar men chaqirishsa, albatta etib boraman".
Esingida bo'lsa, "Napoli" hamda "Inter" o'rtasida noyabr oyida kechgan bahsda Osimxen yuzidan jiddiy jarohat olgan edi. Unga yuz suyaklari sinishi tashxisi qo'yilib, ko'z soqqasidan operatsiya qilingan.
O'shanda hujumchi 3 oygacha maydonga qaytmasligi haqida ma'lum bo'lgandi. Hozirda Osimxen bu mavsumda 10ta golga mualliflik qilgan.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
317