"Manchester Yunayted" Rangnikka yordamchi olib kelmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Moskvaning "Lokomotiv" klubi tahlilchisi Evan Sharp "Manchester Yunayted"da Ralf Rangnikning yordamchisiga aylanadi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Ma'lumotlarga ko'ra, mutaxassis tez orada “qizil iblislar” murabbiylar shtabiga borib qo'shiladi.
“Manchester Yunayted”da bosh murabbiy yordamchisi bo'lib ishlagan Kiran Makkenna klubni tark etib, “Ipsvich” klubiga borib qo'shilgach, Rangnik Sharp bilan shartnoma imzolashga qaror qildi.
Qayd etish joiz, Sharp "Lokomotiv"ga shu yilning noyabr oyida, Rangnik Moskva klubining sport va rivojlanish bo'limi boshlig'i bo'lgan paytda kelib qo'shilgan edi. Bungacha Sharp “Toronto” va “Nyu-York Red Bullz” klublarda ishlagan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
338