"River Pleyt" hujumchisi "MYu"ga o'tishi bilan bog'liq xabarlarga o'z munosabatini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

Argentinaning "River Pleyt" klubi hujumchisi Xulian Alvares "MYu" bilan bog'liq mish-mishlarga izoh berdi. U o'z intervyusida shunday deydi:
"Ochig'ini aytsam, kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Hozir esa faqatgina joriy klubimdagi faoliyatim haqida o'ylashim lozim. Yanvar oyida nima bo'lishini ko'ramiz. Barchamiz futbolchi uchun Jahon chempionati qanchalik muhim hodisa ekanini yaxshi bilamiz. Shu sabab qaror qabul qilayotganimda, o'zim uchun eng maqbul yo'lni tanlab olaman".
Eslatib o'tamiz, "MYu" so'nggi kunlarda argentinalik hujumchi uchun asosiy da'vogarlar safida e'tirof etildi. Alvaresning transfer narxi 21 million funtni tashkil etmoqda.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312