"Bu orqali "Arsenal" 50 millionlik hujumchi xarid qilgandek kuchga ega bo'ladi" — Pol Merson
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Pol Merson jamoa futbolchisi Gabriel Martinelli haqida fikr bildirdi. U o'z fikrini shunday ifodalaydi:
"Martinelli o'ziga xos iste'dod egasi. Menga uning o'yinlari yoqadi. Ha, u hozir yaxshi formada. Ammo savol tug'iladi: u ushbu formasini qanchagacha ushlab tura oladi? Agarda u uzoq vaqt yaxshi harakat qila olsa, "Arsenal" xuddi 50 million funtga hujumchi xarid qilgandek kuchga ega bo'ladi".
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli hujumchi APLning so'nggi ikkita turida uchta golga mualliflik qildi. "Arsenal"ning keyingi bahsi esa "Norvich"ga qarshi, safarda kechadi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312