“Yuventus”ning kechagi o'yiniga oid ma'lumotlar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128
A Seriyaning 19-turidan o'rin olgan "Yuventus" – "Kalyari" uchrashuviga (2:0) oid qiziqarli fakt va statistikalar bilan tanishing.
– “Yuventus” so'nggi 6 o'yinning beshtasida g'alaba qozondi va bitta durang qayd etdi. To'plar nisbati — 10:1;
– Moyze Kin A Seriyada ikki oy deganda ilk bor gol urdi. U joriy mavsum uchta gol urgan musobaqadagi eng yosh (21 yosh) futbolchi bo'lib turibdi;
– Massimiliano Allegri A Seriyadagi 252-g'alabasini qo'lga kiritdi va bu borada Fabio Kapelloga etib oldi. Biroq Allegri bu natijaga 414 o'yinda erishdi, Kapello esa 454 ta bahsda shunday ko'rsatkich qayd etgandi;
– Federiko Bernardeski A Seriyada 2020 yilning iyulidan beri ilk bor gol urdi.
Manba: Telegram.me/Futgol_uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
328