“Real” etakchisi bilan shartnoma uzaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Madridning “Real” klubi rahbariyati xorvatiyalik yarimhimoyachi Luka Modrichning vakillari bilan muzokaraga kirishdi. Tomonlar hamkorlikni uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Fichajes” nashrixabar bermoqda.
“Qirollik klubi” tajribali yarimhimoyachiga maoshi yiliga 8 million evrogacha qisqartiriladigan yangi shartnoma taklif qilmoqda. 36 yoshli yarimhimoyachining maoshi hozirda 10,5 million evro. Agar ular maosh borasida kelisha olishsa, klub Modrich bilan shartnomani 2023 yilning o'rtalariga qadar shartnoma uzaytiradi.
Xorvat 2012 yildan beri Madrid grandi sharafini himoya qilib keladi. Luka joriy mavsumda La Ligada 12 o'yin o'tkazib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
321