Simeone Suaresning haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Luis Suaresning omadsiz o'yinlari haqida gapirdi. Joriy mavsumda urugvaylik hujumchi 23 o'yinda 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
“Luisga jamoaviy o'yin etishmayapti. To'p maydonning Suares bor qismiga etib borishi kerak. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, u o'tgan mavsumdagidek xavfli hujumchiga aylanadi”, - deya fikr bildiradi argentinalik mutaxassis.
34 yoshli futbolchining “matraschilar” bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning bozor qiymati 15 million evroga baholanmoqda.
Avvalroq Luis faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319