Jahon chempionatining 2 yilda o'tkazilishi FIFAga 3 milliard dollar foyda olib keladi. UEFA va KONMEBOL nega qarshilik qilmoqda? Mundial 2 yilda o'tkazilishi O'zbekiston terma jamoasiga qanday foyda keltiradi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

FIFA asosiy futbol turniri, jahon chempionatida katta o'zgarishlarni boshlaydi - 2026 yildan boshlab jahon chempionatida 48 ta jamoa qatnashadi. 2022 yilda bo'ladigan Qatardagi mundialga 32 ta jamoa keladi.
Ammo, bu futbol mutasaddilari rejalashtirayotgan ikkita yirik islohotdan faqat bittasi. Ikkinchisi, har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o'tkazish haqidagi fikrni ilgari surmoqda. Biroq, ushbu g'oyaga Evropa ittifoqi hali ham qarshilik ko'rsatmoqda.
FIFA uchun asosiy plyus - bu katta foyda
Dushanba kuni FIFA “Nielsen” konsalting kompaniyasi tadqiqotini taqdim etdi: har ikki yilda bir marta o'tkaziladigan jahon chempionati tufayli tashkilot 3,8 milliard evro ko'proq foydaoladi. Hozirda FIFA 6,2 milliard evro foyda ko'radi, mundialni 2 yilda bir o'tkazi esa daromadni 10 milliard evrodan ko'proqqa oshishiga olib keladi.
FIFAga a'zo davlatlarning (barcha 211 assotsiatsiya vakillari ishtirok etgan) onlayn sammitida ma'lum bo'lishicha, ushbu qo'shimcha foydaning katta qismi (3 milliard evro) tashkilotning umumiy fondiga yo'naltiriladi va har bir assotsiatsiya qo'shimcha mablag' oladi. Bu summa taxminan 15-16 million evroni tashkil qiladi. Bu degani, mundial oldidan O'zbekiston terma jamoasi ham shu atrofidagi pulga ega bo'lishi va ehtmoliy JCh ishtiroki bo'lishi mumkin. Ammo pulning aniq qanday taqsimlanishi hozircha aniq emas.
Sammitda so'zga chiqqan Janni Infantino islohot sabablari haqida shunday dedi:

“Siz butun dunyoga: “Bizga pul bering va televizorda tomosha qiling”, deb ayta olmaysiz. Men tushunaman, ba'zi mamlakatlar haftasiga ikki marta o'z jahon chempionatini o'tkazishadi, chunki u erda dunyoning eng yaxshi futbolchilari o'ynashadi.
Ammo boshqa mamlakatlar, mintaqalar va hatto qit'alardagi muxlislar na jahon chempionatini, na o'z mamlakatining eng yaxshi futbolchilarni ko'rishadi. Biz 140 ta davlatdagi 100 mingdan ortiq muxlislarni so'rov o'tkazdik va ular jahon chempionatini tez-tez o'tkazilishini xohlashlarini aniqladik”.
O'zgartirishlar tashabbuskorlaridan biri Arsen Venger ham yosh muxlislar haqida gapiradi:
“Hozirda yoshlar barcha sport turlariga tezda ko'nikishadi. Agar, ular futbol o'ynamasa,boshqa sport turiga o'tib ketishadi”.
Evropa futboli islohotga qarshi

UEFA FIFAga javob berdi - Evropa futbol rasmiylari baholashni “Oliver & Ohlbaum” konsalting kompaniyasiga topshirdi. Jahon chempionati islohotidan ko'rilgan yo'qotishlar to'rt yillik tsiklda 2 dan 6 milliard evrogacha bo'ladi.
Noyabr oyida Jahon ligalari forumi ham vaziyatni baholadi: jahon chempionati har ikki yilda o'tkazilishi Evropa chempionatlari va UEFAni deyarli 8 milliard evrodan mahrum qiladi. Ya'ni bu yo'qotish televidenie va reklama shartnomalaridan ortidan kelib chiqadi.
Murabbiylar ham bo'lajak islohot haqida gapirishdi
“Dunyoda bunday shafqatsiz jadvalga ega boshqa sport turi yo'q”, deydi Yurgen Klopp. - Nega bunday bo'layotganini hammamiz bilamiz. Odamlar turli mamlakatlarga imkoniyat berish haqida nima desalar ham, oxir-oqibat hammasi pulga borib taqaladi. Shunday payt kelishi kerakki, barcha federatsiyalar bir joyga o'tirib, nafaqat o'z manfaati haqida, balki o'yin haqida o'ylay boshlashsin. Men allaqachon 54 yoshdaman va bu sodir bo'ladigan paytni ko'rish uchun yashashimga ishonchim komil emas".
Ammo Gvardiola boshqacha fikrda:

“Jahon chempionati ajoyib. Bu eng muhim turnir va men tomoshabin sifatida uni tomosha qilishni yaxshi ko'raman. Har 2 yilda bir marta jahon chempionatini tomosha qilish ajoyib bo'lardi. Men Arsen Vengerni to'liq qo'llab-quvvatlayman, agar jahon chempionati bo'lmasa, uning o'rniga boshqa turnir kerak, masalan, Konfederatsiyalar kubogi. Klublar va ligalar o'z pozitsiyalarini himoya qiladi, FIFA o'z pozitsiyasini himoya qiladi, UEFA o'z pozitsiyasini himoya qiladi. Shuning uchun ham jahon futbolidagi yangi g'oyalar muhokamasi bema'nilik bo'lib ko'rinadi, chunki hamma faqat o'zini o'ylaydi”.
FIFA tashabbusi Afrika futbol konfederatsiyasi va Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlandi (mamlakat vakili so'rovnomani muhokamaga qo'ydi). Ammo, UEFA KONMEBOL (Janubiy Amerika Konfederatsiyasi) tomonidan qo'llab-quvvatlanadi - assotsiatsiyalar Millatlar Ligasini birgalikda o'tkazishga kelishib oldilar. Navbatdagi qur'a tashlash marosimida Janubiy Amerikaning 10 ta jamoasi ishtirok etadi. Ammo, Vengerning rejasiga ko'ra, jahon chempionati har ikki yilda bir marta o'tkazilsa, unda terma jamoalar soni qisqaradi. Doimiy xalqaro to'xtalishlar faqat ikkita marta bo'lib o'tadi: biri oktyabrda saralash uchun, ikkinchisi esa yozda turnir o'tkaziladi. Yangilangan Millatlar Ligasiga shunchaki vaqt qolmadi. Ammo, vaziyat qay holda bo'ladi, buni aniqlash uchun esa shunchaki vaqt kerak.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Bosh sahifaga
323