Allegri bu borada Kapelloga etib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

"Yuventus" Italiya chempionati 19-turi doirasida "Kalyari"ni qabul qildi (2:0).
Turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri uchun bu A Seriyadagi 252-g'alaba bo'ldi.
"Opta" xabariga ko'ra, bu ko'rsatkich bo'yicha mutaxassis avvalroq "Yuve"da ishlagan Fabio Kapelloga etib oldi. Shu bilan birga, buning uchun Allegriga 60 ta kam o'yin kerak bo'ldi.
Bundan tashqari, u 2008/09 yilgi mavsumdan beri chempionatda italiyalik murabbiylardan kamida 60 ta ko'proq g'alaba qozongan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262