"Ayaks" sobiq futbolchisini qaytarib olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Leyptsig" hujumchisi Brayan Brobbey "Ayaks"ga qaytadi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Ma'lumotlarga ko'ra, Niderlandiya klubi 19 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga oladi. Ayni damda tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichida, kelishuvga futbolchini qaytarib sotib olish variantini kiritish imkoniyati muhokama qilinmoqda.
"Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Brobbey 2021 yilning iyulida "Leyptsig"ga erkin agent maqomida kelib qo'shilgan. Forvard Germaniya jamoasi safida 14 ta uchrashuvda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 7,5 million evroga baholamoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267