Stanislav Andreev «Metallurg» bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

2018 yilgi mavsumdan buyon «Metallurg» sharafini himoya etib kelgan tajribali himoyachi Stanislav Andreev 2022 yilgi mavsumdan e'tiboran o'z faoliyatini boshqa klubda davom ettirish istagini bildirdi va “Metallurg” bilan do'stona xayrlashdi. Bekoboddagi samarali to'rtta mavsum uchun “Metallurg” PFK rahbariyati Stanislav Andreevga tashakkur izhor etadi va uning kelgusi faoliyatida omad yor bo'lishini tilaydi.
Stanislav Andreev “Metallurg” jamoasini tark etar ekan, klub rasmiy telegramm kanaliga o'z fikrlarini yozib qoldirdi. Uning dil so'zlarini o'zgartirishlarsiz muxlislarimiz e'tiboriga havola etayapmiz:
"Xochu skazat bolshoe i iskrennee «spasibo» moim dorogim i zamechatelniim druzyam, tovarishem i rukovodstvu kluba “Metallurg”. Uvajaemiie, vii vsegda biili moey podderjkoy i oporoy, vii dlya menya stali nastoyashimi bratyami, bratishkami i verniimi tovarishami. Spasibo za sovmestnuyu rabotu, userdniiy trud i viiruchku v nujniiy chas, spasibo za tepluyu i drujnuyu atmosferu v kollektive, za otlichnoe nastroenie i optimistichniiy nastroy. Jelayu vsem vam dalneyshix uspexov, bolshix pobed i velikix planov. Vii dlya menya navsegda ostanetes v moem serdtse, ya ochen silno budu skuchat po vsem vam, eshyo raz govoryu vam za vsyo spasibo!!!"
Eslatib o'tamiz, Stanislav Andreev 2018-2021 yillar mobaynida “Metallurg” tarkibida 90 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Raqiblar darvozasiga 12 ta gol kiritdi. 13 marta sariq kartochka bilan jazolandi.

Bosh sahifaga
260